Manzili

Toshkent sh., Bektemir t., Husayn Boyqaro k., 117

Murojaat

78 777 11 11

E-mail

info@profiuniversity.uz


Ro'yxatdan o'tish

Universitet yangiliklari

Konferensiya qanday o'tdi?

Konferensiya qanday o'tdi?

Konferensiya qanday o'tdi?
Konferensiya qanday o'tdi?

26-27-aprel kunlari "Profi University" tomonidan Respublika konferensiyasi tashkillashtirilayotgani haqida xabar bergandik.

Xo'sh, konferensiya qanday o'tdi?

Bu savolga javob berish uchun konferensiyani biz tarixga muhrladik va Siz bilan baham ko'rmoqchimiz.

Bu orqali "Profi"dagi ilmiy muhitni Siz bilan bo'lishmoqchimiz, unutmang: biz to'xtamaymiz, Siz ham biz bilan bo'ling!


“O‘ZBEKISTONDA PEDAGOG KADRLARNI TAYYORLASHNING MUAMMO VA YECHIMLARI” MAVZUSIDA RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI ILMIY-TEXNIK ANJUMANI

“Profi University” da 2024 yilning 26-27-aprel kunlari “O‘zbekistonda pedagog kadrlarni tayyorlashning muammo va yechimlari” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-texnik anjumani о‘tkazildi. Anjumanni “Profi University” rektori, psixologiya fanlari doktori, akademik Shoumarov G‘ayrat Bahromovich ochib berdi. Shundan so‘ng anjuman mavzusiga tegishli bo‘lgan asosiy yо‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Profi University tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur konferensiyaga 250 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar yetib keldi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risida”gi farmonlari, 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Anjumanning asosiy maqsadi – shundaki, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlarni tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllantirishdan iborat.

Anjuman vazifalari:

maktabgacha va boshlang‘ich talim sifat va samadorligini oshirishning zamonaviy tendensiyalari;

bo‘lajak pedagoglarni tayyorlashda innovatsion hamda psixologik yondashuvlar;

tillarni o‘qitishda innovatsion metodikalarning ahamiyati;

aniq va ijtimoiy fanlarning pedagog kadrlar tayyorlashning dolzarb muammolariga oid tashkiliy, ilmiy-nazariy va metodologik va ilmiy asoslash, takomillashtirish, yangi innovatsion yо‘llarini taklif etish masalalaridan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 24-martdagi “2024-yilda qo‘shimcha o‘tkaziladigan xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar to‘g‘risida”gi 76-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilayotgan mazkur anjumanda maktabgacha va boshlang‘ich talim sifat va samadorligini oshirishning zamonaviy tendensiyalari; bo‘lajak pedagoglarni tayyorlashda innovatsion hamda psixologik yondashuvlar; tillarni o‘qitishda innovatsion metodikalarning ahamiyati; aniq va ijtimoiy fanlarning pedagog kadrlar tayyorlashning dolzarb muammolariga oid masalalar muhokama qilindi.

Anjuman mavzusiga tegishli masalalarni ilmiy-uslubiy jihatdan tahlil qilish asosida hozirgi kunda dolzarb bо‘lgan asosiy yо‘nalishlar belgilandi va ularga muvofiq anjuman ishtirokchilarining quyidagi shо‘balar bо‘yicha ishlari tashkil qilindi:

1-shо‘ba. Maktabgacha va boshlang‘ich talim sifat va samadorligini oshirishning zamonaviy tendensiyalari.

2-shо‘ba. Bo‘lajak pedagoglarni tayyorlashda innovatsion hamda psixologik yondashuvlar.

3-shо‘ba. Tillarni o‘qitishda innovatsion metodikalarning ahamiyati.

4-shо‘ba. Aniq va ijtimoiy fanlarning pedagog kadrlar tayyorlashning dolzarb muammolariga oid tashkiliy, ilmiy-nazariy va metodologik masalalariga katta e’tibor qaratilgan.

Anjumanda 100 ga yqin ishtirokchilar faol qatnashib, ular orasida ta’lim sohasiga oid mahalliy va xorijiy tashkilotlar xodimlar, maktabgacha, umumiy о‘rta, oliy va professional ta’lim, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi pedagoglari, xodimlari, tinglovchilar, tadqiqotchilar, talabalar va magistrantlar ham mavjud.

Konferensiyada Pedagog kadrlar tayyorlashga innovatsion yondashuv” mavzusida T.N Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik Ibraimov Xolboy Ibragimovich, “Ta’lim va ilm-fan sohasida xotin-qizlar rolini yanada oshirish masalalari” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin qizlar qo‘mitasi huzuridagi Oila va gender tengligi ilmiy-tadqiqot institutining direktori, pedagogika fanlari doktori, professor Egamberdiyeva Nodira Melibayevna, “Kasbiy pedagogik mahorat ta’lim jarayоnini boshqarishning muhim omili sifatida” mavzusida Namangan Davlat Pedagogika instituti “Magistratura” bo‘limi dekani, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD ), dotsent Turg‘unboyeva Azizaxon G‘ulomovna “Maktab va oila hamkorligi – professor nigohida” mavzusida “Profi University” Pedagogika va psixologiya kafedrasi professori, Psixologiya fanlari doktori (DSc), Dolimova Nilufar Melibayevna, “Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion metodlarning ahamiyati” mavzusida “Profi University” ning “Ingliz tili va adabiyoti” yo‘nalishi 1-kurs talabasi Eshmo‘minova Sitora Sherali qizi, “Покровители света” mavzusida esa Profi school maktabining 11-sinf o‘quvchisi Abdumalikova Xosiyatxonlar ma’quza qildilar.
Anjuman yakunida ishtirokchilarga sertifikat hamda esdalik sovg‘alar topshirildi. 


Boshqa yangiliklar