Xush kelibsiz
Savollaringiz bo’lsa telefon raqamingizni kiriting va biz sizga barcha batafsil ma’lumotlarni beramiz
Kunduzgi ta’lim — 4 yil
Kechki ta’lim — 4,5 yil
Barcha mashg‘ulotlar (ma’ruzalar, seminarlar) va amaliyotlarda majburiy ishtirok etish talab qilinadi.
O‘quv rejasiga nazariy asosiy fanlar hamda amaliy mashg‘ulotlar kiritilgan.
Ikki fan topshiriladi:
Matematika
30 ta savol × 3.9 ball = 117 ball
Ingliz tili
30 ta savol × 2.4 ball = 72 ball
Umumiy ball — 189
O‘tish balli — 80
Ha. IT yo‘nalishiga kirishda quyidagi sertifikatlar hisobga olinadi:
Ikkinchi blok (Ingliz tili) uchun:
IELTS 5.0 va undan yuqori, CEFR B1 va undan yuqori.
Bu holda abituriyentga ingliz tili fanidan maksimal ball, ya’ni 72 ball beriladi.
Ha. Agar quyidagi shartlar bajarilsa, matematika va ingliz tili bo‘yicha sertifikatlar kirish imtihonlari o‘rniga hisobga olinadi:
Sertifikat talablari:
– Amaldagi bo‘lishi kerak (muddati o‘tmagan)
– Fan bo‘yicha kamida 60% natijaga ega bo‘lishi kerak
1-misol — faqat matematika bo‘yicha sertifikat:
Agar sizda matematika fanidan 60% natijali sertifikat bo‘lsa, siz faqat ingliz tili fanidan imtihon topshirasiz.
Hisob: 60% × 117 = 70,2 ball
2-misol — faqat ingliz tili bo‘yicha sertifikat:
Agar sizda ingliz tili bo‘yicha sertifikat bo‘lsa, siz faqat matematika fanidan imtihon topshirasiz.
Ingliz tili bo‘yicha ball: 72 ball
3-misol — har ikkala fan bo‘yicha sertifikat mavjud bo‘lsa:
Agar sizda matematikadan 60% va ingliz tilidan IELTS yoki CEFR sertifikati bo‘lsa, imtihon topshirishingiz shart emas. Ballar quyidagicha hisoblanadi:
Matematika: 60% × 117 = 70,2 ball
Ingliz tili: 72 ball
Umumiy ball: 142,2 ball
Sertifikatlar hisobga olinishi uchun ularni oldindan shaxsiy kabinet orqali yoki telefon/Telegram orqali qabul komissiyasiga yuborishingiz kerak.
Universitet barcha sertifikatlarning haqiqiyligi va amal qilish muddatini tekshiradi va yakuniy qarorni qabul qiladi.
2025–2026 o‘quv yili uchun IT yo‘nalishida o‘qish narxi — yiliga 28 490 000 so‘m.
Universitet quyidagi moslashuvchan to‘lov variantlarini taklif qiladi:
100% oldindan to‘lovda:
31-iyulgacha — 25% chegirma: 21 367 500 so‘m
30-sentabrgacha — 20% chegirma: 22 792 000 so‘m
2 qismga bo‘lib to‘lashda (10% chegirma):
Umumiy summa: 25 641 000 so‘m
1-qism: 12 820 500 so‘m — 30-sentabrgacha
2-qism: 12 820 500 so‘m — 30-yanvargacha
4 qismda to‘lov (chegirmasiz):
Umumiy summa: 28 490 000 so‘m
1-qism: 7 122 500 so‘m — 30-sentabrgacha
2-qism: 7 122 500 so‘m — 30-noyabrgacha
3-qism: 7 122 500 so‘m — 31-yanvargacha
4-qism: 7 122 500 so‘m — 31-martgacha
Profi Universityda moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning ikki turi mavjud.
Stipendiya — oyiga 600 000 so‘m
Stipendiya quyidagi abituriyent va talabalarga beriladi:
– Kirish imtihonida 120 balldan yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlarga
– Ichki reyting imtihoni natijalariga ko‘ra yuqori o‘rinlarni egallagan talabalarga
Stipendiya bir semestrga tayinlanadi.
Ichki imtihon har semestrdan keyin yiliga ikki marta o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar quyidagi ko‘rsatkichlar asosida baholanadi:
– Mutaxassislik fanlari bo‘yicha testlar
– IQ testi
– GPA (o‘rtacha baho)
Tizim dinamik hisoblanadi:
– Natijalar pasaysa, stipendiya bekor qilinadi
– Avval stipendiyasiz o‘qigan talaba yuqori natija ko‘rsatsa, stipendiya olishi mumkin
Grant — bepul ta’lim va oyiga 600 000 so‘m stipendiya
Grant imtihoni yiliga bir marta, avgust oyida o‘tkaziladi.
Unda qatnashish uchun abituriyent kirish imtihonida kamida 120 ball to‘plashi kerak.
Grant imtihoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– Barcha ishtirokchilar uchun bir xil topshiriqlar
– IQ testi
– Sertifikatlar va imtiyozlar hisobga olinmaydi
Grant bir o‘quv yiliga beriladi.
Agar talaba yuqori akademik natijalarni saqlab qolsa, grant keyingi yilga uzaytiriladi.
Kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar ham keyingi yili yuqori reytingga ega bo‘lsa, grantga o‘tishlari mumkin.
Talabalar uchun mashg‘ulotlar sentabr oyining ikkinchi haftasidan boshlanadi.
Yil davomida semestr mashg‘ulotlari, oraliq va yakuniy imtihonlar, shuningdek, majburiy amaliyotlar o‘tkaziladi.
Ha, Profi Universityga kirishda maktabdagi baholar yakuniy natijaga ta’sir qilishi mumkin.
Qo‘shimcha foizlar quyidagicha qo‘shiladi:
Agar attestatda birorta ham “3” baho bo‘lmasa, yakuniy ballga +5% qo‘shiladi.
Agar barcha baholar “5” bo‘lsa, yakuniy ballga +10% qo‘shiladi.
Hujjat topshirish jarayonida attestat qabul komissiyasi tomonidan albatta tekshiriladi.
Ha. Profi Universityda alohida grant imtihoni o‘tkaziladi, bu bepul ta’lim va stipendiya olish imkonini beradi.
Imtihon yiliga bir marta, avgust oyida o‘tkaziladi.
Unda qatnashish uchun abituriyent kirish imtihonlarida (avgustgacha) kamida 120 ball to‘plashi kerak.
Grant imtihoni g‘oliblari quyidagilarga ega bo‘ladi:
– Bepul ta’lim
– Oyiga 600 000 so‘m stipendiya
Muhim:
Grant imtihonida hech qanday sertifikatlar, imtiyozlar yoki oldingi ballar hisobga olinmaydi.
Barcha ishtirokchilar imtihon kuni shaxsan bir xil test topshiradilar, jumladan IQ testi.
Siz universitetga qabul qilinganingizdan so‘ng va shartnoma olganingizdan keyin, 5 ish kuni ichida 980 000 so‘m miqdoridagi bronlash to‘lovini amalga oshirishingiz kerak.
Ushbu summa umumiy kontrakt narxiga kiritiladi va undan ayirib tashlanadi.
Qolgan to‘lov o‘quv yili boshlanishidan oldin, tanlangan to‘lov usuliga (100%, 2 qism yoki 4 qism) muvofiq to‘lanadi.
Muhim: agar shartnoma bekor qilinsa, bronlash summasi qaytarilmaydi.
Agar siz o‘tish ballini to‘play olmagan bo‘lsangiz, kirish imtihonini qayta topshirish imkoniyati mavjud.
Buning uchun shaxsiy kabinetingizga kirib, imtihon sanasini o‘zgartirishingiz mumkin.
Agar muammo yuzaga kelsa, call-markaz orqali yordam olishingiz mumkin.
Asosiy darslar Bektemir kampusida (Husayn Boyqaro ko‘chasi, 117-uy) o‘tkaziladi.
Chet tillari bo‘yicha darslar Beruniy kampusida o‘tkaziladi, chunki til kafedrasi aynan shu yerda joylashgan.
Dars jadvali shunday tuziladiki, bir kunda barcha mashg‘ulotlar faqat bitta kampusda bo‘ladi.
Agar birinchi juftlik Bektemirda bo‘lsa, o‘sha kunning barcha darslari Bektemirda bo‘ladi.
Agar birinchi juftlik Beruniyda bo‘lsa, kun bo‘yi o‘qish shu kampusda davom etadi.
Universitet saytida ro‘yxatdan o‘ting.
Kirish imtihoniga keling (eng yaqin demo imtihon — 2026-yil 3-may).
Qabul qilingandan so‘ng shartnoma olish uchun qabul komissiyasiga murojaat qiling.
Kerakli hujjatlar:
– Pasport (ID karta)
– Attestat yoki diplom
– Agar attestat hali olinmagan bo‘lsa — maktabdan 11-sinfni tugatganlik haqida ma’lumotnoma
Kirish imtihonlari iyun oyidan avgust oyigacha o‘tkaziladi.
Biroq, ayrim fakultetlarda belgilangan kvotalar oldinroq to‘lib qolsa, imtihonlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkin. Shu sababli, imkon qadar erta imtihonda ishtirok etish va tavsiya etilgandan so‘ng shartnomani o‘z vaqtida olib, o‘rningizni band qilish tavsiya etiladi.
Chunki grant o‘rinlari faqatgina universitetni tanlagan talabalar uchun ajratiladi.
Bron summani to‘lagan abituriyentlar Profi Universityni tanlagan hisoblanadi.
2025-2026-o'quv yili uchun "Profi University"ga talabalar test asosida qabul qilinadi.
※ Imtihon sanalari va vaqtlari abituriyentlarning soniga qarab, o’zgarishi mumkin. O’zgarishlardan xabardor bo’lish uchun Universitet veb-sahifasi va ijtimoiy tarmoq sahifalarini doimiy tekshirib turishni unutmang.
5 ish kuni ichida kirish imtihonining yakuniy natijalari hisoblanadi va har bir abituriyentning ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamiga SMS orqali yuboriladi.
Kirish imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish uchun faqat pasport ma’lumotlari talab qilinadi.
1 Abituriyent universitetning rasmiy sayti orqali onlayn ariza topshiradi https://profiuniversity.uz
2 Ikki fan bo‘yicha kirish imtihonini topshiradi
3 Qabul qilingan taqdirda talaba shartnoma olish uchun keladi
4 Yetarli ball to‘play olmagan abituriyent imtihonni qayta topshirishi mumkin
Ha, qabul jarayoni yakunlangandan so‘ng abituriyentlar to‘lov shartnomasini olish uchun quyidagi hujjatlarning asl nusxalarini universitetga topshirishlari kerak:
– Pasport yoki ID karta
– Kollej/litsey diplomi yoki maktab attestatining asl nusxasi
Yo’q, talabalikka tavsiya etilgan o'quvchilardan hujjatlarning asl nusxasini shaxsan o’zlari olib kelishlari so’raladi.
"Profi University"da ta'lim tili sifatida o'zbek yoki rus tilini tanlashingiz mumkin.
Ha. Profi University bitiruvchilari davlat OTM lari bilan bir xil darajadagi diplomga ega bo'ladilar.
Yo’q. Agar siz davlat va nodavlat tashkilotlarida ishlashni xohlasangiz, diplomni nostrifikatsiya qilish talab etilmaydi.
Ha, albatta. Univeritet ma'muriyati transferni amalga oshirish uchun arizalarni ko'rib chiqishi mumkin. Shu bilan birga, har bir abituriyent - talaba o’qishni ko'chirish bilan bog'liq talablarga javob berishi kerak.
"Profi University" talabalari o'z tahsillarini boshqa OTM larga ko'chirish imkoniyatiga ega. Ko'chirish jarayoni Oliy ta'lim vazirligi tasdiqlagan joriy nizom asosida amalga oshiriladi.
"Profi University" bitiruvchilari o’zlarining yuqori malakasi va xorijiy tillardagi bilim darajasi bilan chet el mamlakatlaridagi kompaniyalarda ishlashi mumkin. Biroq universitet o'z kuchini O'zbekiston iqtisodiyoti uchun kuchli malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo'naltiradi va talabalarni chet davlatlarda ishlashga unday olmaydi. Oliy ma'lumotli hamda professional kadrlarga doimo talab katta va o'z mamlakatlaridan chiqmagan holda yuqori maoshli ishlarda ishlashlari mumkin.
Ha, albatta. Siz xalqaro talaba sifatida hujjat topshirishingiz mumkin. Biroq qabul jarayoni mahalliy abituriyentlarniki bilan bir tartibda amalga oshiriladi.
"Profi University" talabalarning yoshlari chegarasi borasidagi diskriminatsiyaga mutlaqo qarshi. Ta’lim sohasidagi qonunchilikka ko’ra, har bir inson yoshidan, jinsidan va etnik kelib chiqishidan qat’i nazar, oliy ta'lim muassasalarida tahsil olishi mumkin, shuningdek, OTM larda barcha talabalarga bir xil munosabatda bo’lish kafolatlanadi.
Telefon raqamingizni qoldiring va biz sizni barcha qiziqtirgan savollaringizga javob beramiz!