Xush kelibsiz
Savollaringiz bo’lsa telefon raqamingizni kiriting va biz sizga barcha batafsil ma’lumotlarni beramiz
Ikki fan topshiriladi:
Matematika
30 ta savol × 3.9 ball = 117 ball
Ingliz tili
30 ta savol × 2.4 ball = 72 ball
Umumiy ball — 189
O‘tish balli — 80
Ha. Agar quyidagi shartlar bajarilsa, matematika va ingliz tili bo‘yicha sertifikatlar kirish imtihoni o‘rniga hisobga olinadi:
Sertifikat:
Amaldagi bo‘lishi kerak, muddati o‘tmagan.
Fan bo‘yicha kamida 60 foiz natijaga ega bo‘lishi kerak.
Misol 1 — faqat matematika bo‘yicha sertifikat:
Agar sizda matematika fanidan 60 foiz natijali sertifikat bo‘lsa,
siz faqat ingliz tili fanidan imtihon topshirasiz.
Hisob: 60% × 117 = 70,2 ball.
Misol 2 — faqat ingliz tili bo‘yicha sertifikat:
Agar sizda ingliz tili bo‘yicha sertifikat bo‘lsa,
siz faqat matematika fanidan imtihon topshirasiz.
Ingliz tili bo‘yicha ball: 72 ball.
Misol 3 — har ikkala fan bo‘yicha sertifikat mavjud bo‘lsa:
Agar sizda matematikadan 60 foiz va ingliz tilidan sertifikat bo‘lsa,
siz imtihonga umuman kelmasangiz ham bo‘ladi. Hisob quyidagicha:
Matematika: 60% × 117 = 70,2 ball
Ingliz tili: 72 ball
Umumiy ball: 142,2 ball
Sertifikatlar hisobga olinishi uchun ularni oldindan shaxsiy kabinet orqali yoki telefon yoki Telegram orqali qabul komissiyasiga yuborish zarur.
Universitet barcha sertifikatlarning haqiqiyligi va amal qilish muddatini tekshiradi va yakuniy qarorni qabul qiladi.
Universitet quyidagi qulay to‘lov variantlarini taklif etadi:
100% oldindan to‘lov qilinsa:
15.06.2026 gacha — 25% chegirma → 19 882 500 so‘m
31.08.2026 gacha — 20% chegirma → 21 208 000 so‘m
2 ga bo‘lib to‘lash:
10% chegirma → jami: 23 859 000 so‘m
1-qism: 11 929 500 so‘m — 31.08.2026 gacha
2-qism: 11 929 500 so‘m — 31.01.2027 gacha
4 qismga bo‘lib to‘lash (chegirmasiz):
Jami: 26 510 000 so‘m
1-qism: 6 627 500 so‘m — 31.08.2026 gacha
2-qism: 6 627 500 so‘m — 30.11.2026 gacha
3-qism: 6 627 500 so‘m — 31.01.2027 gacha
4-qism: 6 627 500 so‘m — 31.03.2027 gacha
Profi Universityda moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning ikki turi mavjud.
Stipendiya — oyiga 600 000 so‘m
Stipendiya quyidagi abituriyent va talabalarga beriladi:
– Kirish imtihonida 120 balldan yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlarga
– Ichki reyting imtihoni natijalariga ko‘ra yuqori o‘rinlarni egallagan talabalarga
Stipendiya bir semestrga tayinlanadi.
Ichki imtihon har semestrdan keyin yiliga ikki marta o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar quyidagi ko‘rsatkichlar asosida baholanadi:
– Mutaxassislik fanlari bo‘yicha testlar
– IQ testi
– GPA (o‘rtacha baho)
Tizim dinamik hisoblanadi:
– Natijalar pasaysa, stipendiya bekor qilinadi
– Avval stipendiyasiz o‘qigan talaba yuqori natija ko‘rsatsa, stipendiya olishi mumkin
Grant — bepul ta’lim va oyiga 600 000 so‘m stipendiya
Grant imtihoni yiliga bir marta, avgust oyida o‘tkaziladi.
Unda qatnashish uchun abituriyent kirish imtihonida kamida 120 ball to‘plashi kerak.
Grant imtihoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– Barcha ishtirokchilar uchun bir xil topshiriqlar
– IQ testi
– Sertifikatlar va imtiyozlar hisobga olinmaydi
Grant bir o‘quv yiliga beriladi.
Agar talaba yuqori akademik natijalarni saqlab qolsa, grant keyingi yilga uzaytiriladi.
Kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar ham keyingi yili yuqori reytingga ega bo‘lsa, grantga o‘tishlari mumkin.
Talabalar uchun mashg‘ulotlar sentabr oyining ikkinchi haftasidan boshlanadi.
Yil davomida semestr mashg‘ulotlari, oraliq va yakuniy imtihonlar, shuningdek, majburiy amaliyotlar o‘tkaziladi.
Ha, Profi Universityga kirishda maktabdagi baholar yakuniy natijaga ta’sir qilishi mumkin.
Qo‘shimcha foizlar quyidagicha qo‘shiladi:
Agar attestatda birorta ham “3” baho bo‘lmasa, yakuniy ballga 5 foiz qo‘shiladi.
Agar barcha baholar “5” bo‘lsa, 10 foiz qo‘shiladi.
Hujjat topshirish jarayonida attestat qabul komissiyasi tomonidan albatta tekshiriladi.
Ha. Profi Universityda alohida grant imtihoni o‘tkaziladi, bu bepul ta’lim va stipendiya olish imkonini beradi.
Imtihon yiliga bir marta, avgust oyida o‘tkaziladi.
Unda qatnashish uchun abituriyent kirish imtihonlarida (avgustgacha) kamida 120 ball to‘plashi kerak.
Grant imtihoni g‘oliblari quyidagilarga ega bo‘ladi:
– Bepul ta’lim
– Oyiga 600 000 so‘m stipendiya
Muhim:
Grant imtihonida hech qanday sertifikatlar, imtiyozlar yoki oldingi ballar hisobga olinmaydi.
Siz universitetga qabul qilinganingizdan so‘ng, shartnoma olganingizda, 5 ish kuni ichida 980 000 so‘m miqdoridagi bronlash to‘lovini amalga oshirishingiz kerak.
Ushbu summa umumiy kontrakt narxiga kiritiladi va undan ayirib tashlanadi.
Qolgan to‘lovni o‘quv yili boshlanishidan oldin tanlangan to‘lov usuliga (100 foiz, 2 qism yoki 4 qism) muvofiq to‘lash lozim.
Muhim: agar shartnoma bekor qilinsa, bronlash summasi qaytarilmaydi.
Agar siz o‘tish ballini to‘play olmagan bo‘lsangiz, kirish imtihonini qayta topshirishingiz mumkin.
Buning uchun:
Universitet saytida shaxsiy kabinetingizga kiring va imtihon sanasini o‘zgartiring.
Agar muammo yuzaga kelsa, call-markazga qo‘ng‘iroq qiling, sizga yordam beriladi.
Asosiy darslar Bektemir kampusida (Husayn Boyqaro ko‘chasi, 117-uy) o‘tkaziladi.
Chet tillari bo‘yicha darslar Beruniy kampusida o‘tkaziladi, chunki til kafedrasi aynan u yerda joylashgan.
Dars jadvali shunday tuziladiki, bir kunda barcha mashg‘ulotlar faqat bitta kampusda bo‘ladi:
Agar birinchi juftlik Bektemirda bo‘lsa, o‘sha kunning barcha darslari Bektemirda bo‘ladi.
Agar birinchi juftlik Beruniyda bo‘lsa, kun bo‘yi o‘qish shu kampusda davom etadi.
Universitet saytida ro‘yxatdan o‘ting.
Kirish imtihoniga keling (eng yaqin demo imtihon — 2026-yil 3-may).
Qabul qilingandan so‘ng shartnoma olish uchun qabul komissiyasiga murojaat qiling.
Kerakli hujjatlar:
– Pasport (ID karta)
– Attestat yoki diplom
– Agar attestat hali olinmagan bo‘lsa — maktabdan 11-sinfni tugatganlik haqida ma’lumotnoma
Ha. Iqtisodiyot yo‘nalishiga kirishda quyidagi sertifikatlar hisobga olinadi:
Ikkinchi blok, ya’ni ingliz tili fanidan — IELTS 5.0 va undan yuqori, CEFR B1 va undan yuqori.
Bu holda abituriyentga ingliz tili fanidan maksimal ball, ya’ni 72 ball beriladi.
Kirish imtihonlari iyun oyidan avgust oyining oxirigacha o‘tkaziladi.
Biroq, ayrim fakultetlarda belgilangan kvotalar oldinroq to‘lib qolsa, imtihonlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkin. Shu sababli, imkon qadar erta imtihonda ishtirok etish va qabul tavsiyasi berilganda shartnomani oldindan rasmiylashtirib, o‘rningizni band qilish tavsiya etiladi.
Chunki grant o‘rinlari faqat bizni tanlagan talabalar uchun ajratiladi.
Bron summani to‘laganlar Profi Universityni tanlagan hisoblanadi.
Telefon raqamingizni qoldiring va biz sizni barcha qiziqtirgan savollaringizga javob beramiz!