Profi University - O'zbekistondagi xususiy universitet
Manzili

Toshkent sh., Bektemir t., Husayn Boyqaro k., 117

Murojaat

78 777 11 11

E-mail

info@profiuniversity.uz


Ro'yxatdan o'tish

Rus tili va adabiyoti yo'nalishi

Tez-tez so'raladigan savollar

Kirish imtihonida qaysi fanlar topshiriladi?

Ikki fan topshiriladi:

Ingliz tili
30 ta savol × 3,9 ball = 117 ball

Tarix
30 ta savol × 2,4 ball = 72 ball

Umumiy ball — 189
O‘tish balli — 70

Ha, agar quyidagi shartlar bajarilsa, rus tili bo‘yicha milliy sertifikat va ingliz tili bo‘yicha IELTS yoki CEFR sertifikati kirish imtihonlari o‘rniga hisobga olinadi:

Sertifikat:

Amaldagi bo‘lishi kerak (muddati o‘tmagan)
Fan bo‘yicha kamida 60% natijaga ega bo‘lishi kerak

Misol 1 — faqat birinchi fan bo‘yicha sertifikat:
Agar sizda rus tili bo‘yicha sertifikat bo‘lsa,
siz faqat ingliz tili fanidan imtihon topshirasiz.
Rus tili bo‘yicha ball:
60% × 117 = 70,2 ball

Misol 2 — faqat ingliz tili bo‘yicha sertifikat:
Agar sizda ingliz tili bo‘yicha sertifikat bo‘lsa,
siz faqat rus tili fanidan imtihon topshirasiz.
Ingliz tili bo‘yicha ball:
72 ball (maksimal)

Misol 3 — har ikkala fan bo‘yicha sertifikat mavjud bo‘lsa:
Agar sizda rus tili bo‘yicha 60% va ingliz tili bo‘yicha sertifikat bo‘lsa,
siz imtihonga umuman kelmaysiz. Ballar quyidagicha hisoblanadi:

Rus tili: 70,2 ball
Ingliz tili: 72 ball
Umumiy ball: 142,2 ball

Sertifikatlar hisobga olinishi uchun oldindan shaxsiy kabinet orqali yoki telefon/Telegram orqali qabul komissiyasiga yuborish zarur.

Universitet barcha sertifikatlarning haqiqiyligi va amal qilish muddatini tekshiradi va yakuniy qarorni qabul qiladi.

Ha, agar quyidagi shartlar bajarilsa, rus tili bo‘yicha milliy sertifikat kirish imtihoni o‘rniga hisobga olinadi:

Sertifikat:

Amaldagi bo‘lishi kerak (muddati o‘tmagan)
Kamida 60% natijaga ega bo‘lishi kerak

Misol: Agar sizda rus tilidan 60% natijali sertifikat bo‘lsa:
60% × 117 = 70,2 ball

Bu holda siz faqat ingliz tili fanidan test topshirasiz.

Sertifikatlar hisobga olinishi uchun ularni oldindan shaxsiy kabinet orqali yoki telefon/Telegram orqali qabul komissiyasiga yuborish lozim.

Universitet barcha sertifikatlarning haqiqiyligi va amal qilish muddatini tekshiradi hamda yakuniy qarorni qabul qiladi.

Rus tili va adabiyoti yo‘nalishida ta’lim rus tilida olib boriladi.

2026–2027 o‘quv yili uchun rus tili va adabiyoti yo‘nalishi kontrakt narxi — yiliga 25 410 000 so‘m.

Universitet quyidagi qulay to‘lov variantlarini taklif etadi:

100% oldindan to‘lov qilinsa:

15.06.2026 gacha — 25% chegirma → 19 057 000 so‘m

31.08.2026 gacha — 20% chegirma → 20 328 000 so‘m

2 ga bo‘lib to‘lash:

10% chegirma → jami: 22 869 000 so‘m

1-qism: 11 434 500 so‘m — 31.08.2026 gacha

2-qism: 11 434 500 so‘m — 31.01.2027 gacha

4 qismga bo‘lib to‘lash (chegirmasiz):

Jami: 25 410 000 so‘m

1-qism: 6 352 500 so‘m — 31.08.2026 gacha

2-qism: 6 352 500 so‘m — 30.11.2026 gacha

3-qism: 6 352 500 so‘m — 31.01.2027 gacha

4-qism: 6 352 500 so‘m — 31.03.2027 gacha

Profi Universityda moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning ikki turi mavjud.

Stipendiya — oyiga 600 000 so‘m
Stipendiya quyidagi abituriyent va talabalarga beriladi:
– Kirish imtihonida 120 balldan yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlarga
– Ichki reyting imtihoni natijalariga ko‘ra yuqori o‘rinlarni egallagan talabalarga

Stipendiya bir semestrga tayinlanadi.
Ichki imtihon har semestrdan keyin yiliga ikki marta o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar quyidagi ko‘rsatkichlar asosida baholanadi:
– Mutaxassislik fanlari bo‘yicha testlar
– IQ testi
– GPA (o‘rtacha baho)

Tizim dinamik hisoblanadi:
– Natijalar pasaysa, stipendiya bekor qilinadi
– Avval stipendiyasiz o‘qigan talaba yuqori natija ko‘rsatsa, stipendiya olishi mumkin

Grant — bepul ta’lim va oyiga 600 000 so‘m stipendiya
Grant imtihoni yiliga bir marta, avgust oyida o‘tkaziladi.

Unda qatnashish uchun abituriyent kirish imtihonida kamida 120 ball to‘plashi kerak.

Grant imtihoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– Barcha ishtirokchilar uchun bir xil topshiriqlar
– IQ testi
– Sertifikatlar va imtiyozlar hisobga olinmaydi

Grant bir o‘quv yiliga beriladi.
Agar talaba yuqori akademik natijalarni saqlab qolsa, grant keyingi yilga uzaytiriladi.

Kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar ham keyingi yili yuqori reytingga ega bo‘lsa, grantga o‘tishlari mumkin.

Talabalar uchun mashg‘ulotlar sentabr oyining ikkinchi haftasidan boshlanadi.

Yil davomida semestr mashg‘ulotlari, oraliq va yakuniy imtihonlar, shuningdek, majburiy amaliyotlar o‘tkaziladi.

Ha, Profi Universityga kirishda maktabdagi baholar yakuniy natijaga ta’sir qilishi mumkin.

Qo‘shimcha foizlar quyidagicha qo‘shiladi:

Agar attestatda birorta ham “3” baho bo‘lmasa, yakuniy ballga +5% qo‘shiladi
Agar barcha baholar “5” bo‘lsa, +10% qo‘shiladi

Hujjat topshirish jarayonida attestat qabul komissiyasi tomonidan albatta tekshiriladi.

Siz universitetga qabul qilinganingizdan so‘ng, shartnoma olganingizda, 5 ish kuni ichida bronlash to‘lovi — 980 000 so‘mni to‘lashingiz kerak.

Ushbu summa umumiy kontrakt narxiga kiritiladi va undan ayirib tashlanadi.

Qolgan to‘lovni o‘quv yili boshlanishidan oldin, tanlangan to‘lov usuliga (100%, 2 qism yoki 4 qism) muvofiq to‘lash lozim.

Muhim: agar shartnoma bekor qilinsa, bronlash summasi qaytarilmaydi.

Agar siz o‘tish ballini to‘play olmagan bo‘lsangiz, kirish imtihonini qayta topshirishingiz mumkin.

Buning uchun:

Universitet saytida shaxsiy kabinetingizga kiring va imtihon sanasini o‘zgartiring
Agar muammo yuzaga kelsa, call-markazga qo‘ng‘iroq qiling, sizga albatta yordam berishadi

Asosiy darslar Bektemir kampusida (Husayn Boyqaro ko‘chasi, 117-uy) o‘tkaziladi.
Chet tillari bo‘yicha darslar Beruniy kampusida o‘tkaziladi, chunki til kafedrasi aynan u yerda joylashgan.

Dars jadvali shunday tuziladiki, bir kunda barcha mashg‘ulotlar faqat bitta kampusda bo‘ladi:

Agar birinchi juftlik Bektemirda bo‘lsa, demak, o‘sha kunning barcha darslari Bektemirda bo‘ladi.
Agar birinchi juftlik Beruniyda bo‘lsa, kun bo‘yi o‘qish shu kampusda davom etadi.

Amaliy mashg‘ulotlar davlat va xususiy maktablarda o‘tkaziladi.

Universitet saytida ro‘yxatdan o‘ting.

Kirish imtihoniga keling (eng yaqin demo imtihon — 2026-yil 3-may).

Qabul qilingandan so‘ng shartnoma olish uchun qabul komissiyasiga murojaat qiling.

Kerakli hujjatlar:
– Pasport (ID karta)
– Attestat yoki diplom
– Agar attestat hali olinmagan bo‘lsa — maktabdan 11-sinfni tugatganlik haqida ma’lumotnoma

Kirish imtihonlari iyun oyidan avgust oyigacha o‘tkaziladi.
Biroq, ayrim fakultetlarda belgilangan kvotalar oldinroq to‘lib qolsa, imtihonlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkin. Shu sababli, imkon qadar erta imtihonda ishtirok etish va tavsiya etilgandan so‘ng shartnomani o‘z vaqtida olib, o‘rningizni band qilish tavsiya etiladi.

Chunki biz grant o‘rinlarini faqat bizni tanlagan talabalar uchun ajratamiz.
Bron summani to‘laganlar Profi Universityni tanlaganlar hisoblanishadi.

Bizning universitetimizda ko‘plab yo‘nalishlar talabalari uchun majburiy yagona forma joriy etilmagan.
Biz akademik muhitga mos keladigan hamda ozoda tashqi ko‘rinishni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Kunduzgi ta’lim — 4 yil
Kechki ta’lim — 4,5 yil

Barcha darslarda, jumladan ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish majburiy hisoblanadi.

O‘quv rejasi asosiy nazariy fanlarni o‘z ichiga oladi.


Savolingiz bormi?

Ma'lumotlaringizni to'ldiring

Telefon raqamingizni qoldiring va biz sizni barcha qiziqtirgan savollaringizga javob beramiz!

Uz image