1. Grant imtihoni qachon o‘tkaziladi?
Javob: Imtihon 9-avgust kuni Toshkent va Navoiy shahrida offline tarzda bo‘lib o‘tadi.
2. Imtihon soat nechida boshlanadi?
Javob: Grant imtihoni soat 11:00 da boshlanadi, lekin qatnashuvchilar 1 soat oldin, ya'ni soat 10:00 da universitetga kelishlari kerak.
3. Imtihonga kirish uchun qanday hujjatlar kerak?
Javob: Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar - pasport yoki IDni olib kelishingiz yetarli.
4. Grant imtihonida kimlar ishtirok eta oladi?
Javob: Kirish imtihonlarida 100+ ball to‘plagan abituriyentlar;
O‘z o‘rnini band qilib bron summasini to‘laganlar. (Bu ikkala shart ham bajarilishi kerak).
5. "Agar bron summasini to'lamagan bo‘lsam, 9-avgustning o‘zida ham to‘lovni amalga oshirishim mumkinmi?"
Javob: Albatta, 9-avgust kuni ham to'lov qilishingiz mumkin, faqat soat 10:00da gacha to'lovni amalga oshirgan bo'lishingiz kerak.
6. Imtihon savollari haqida ma'lumot berolasizmi?
Imtihoni test kitobida jami 30 ta test savoli bo‘ladi:
Asosiy fan - 15 ta savol;
IQ (mantiqiy savollar) - 15 ta savol.
*asosiy fan - tanlagan yo'nalishingizdagi birinchi fan hisoblanadi.
7. Grant imtihonidagi maksimal ball qancha?
Umumiy ball - 189:
Asosiy fan - 15x6,6 ball=99;
IQ savollari - 15x6 ball=90 ballni tashkil etadi.
Imtihonda qatnashuvchi barchaga omad tilaymiz!