So'nggi paytlarda Profi University litsenziyasi bilan bog'liq xabarlar noto'g'ri talqin qilinishi ortidan ko'pchilikda universitet litsenziyasi bilan bog'liq savollar tug'ilmoqda
Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagilarni ma'lum qilamiz:
Bugungi kunda universitet tomonidan 3 ta o‘quv kampusida, ko'plab talabalarga litsenziyalash shartlariga to‘la muvofiq holda sifatli oliy ta’lim xizmati ko‘rsatib kelinmoqda.
Profi University joriy yilda faoliyat doirasini yanada kengaytirish maqsadida yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi, masofaviy shakli hamda barcha yo'nalishlarga magistratura mutaxassisliklarini berish to‘g‘risida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tegishli tartibda so‘rov yuborgan.
Ushbu so'rovga javoban vazirlikning 2025-yil 2-avgust kungi litsenziya berish to‘g‘risidagi 44697334-sonli qarori qabul qilingan. Ammo, oradan biroz vaqt o'tgach, Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu litsenziya texnik xatolik sababli shakllanganligini ma'lum qildi.
Keyinroq vazirlik sudga ariza bilan murojaat qilib, Profi Universityga yangi yo'nalishlar uchun berilgan litsenziyani bekor qilishni so‘ragan. Ammo, sud vazirlikning ushbu da'vo arizasini asossiz deb topib,universitet foydasiga qaror chiqargan.
Shundan so'ng, vazirlik sudning mazkur qaroridan norozi bo'lib, appelyatsiya tartibida sudga yana shikoyat arizasi kiritgan. Ayni vaqtda yangi yo'nalishlar uchun litsenziya olish yuzasidan sud ishlari tegishli tartibda davom etmoqda.
❗️Bu muhim: Yangi yo'nalishlar uchun shakllantirilgan litsenziya bilan bog'liq muammolar Profi Universityning amaldagi litsenziyasiga hech qanday ta'sir o'tkazmaydi.
Agar navbatdagi instansiya sudi ham Profi University foydasiga qaror chiqarsa, universitetda yana bir qancha yangi yo'nalishlar ochiladi.
Aksincha, sud vazirlik foydasiga qaror chiqarsa, yangi yo'nalishlar faoliyatini yo'lga qo'yish ma'lum bir muddatga kechiktirilishi mumkin. Ammo, sudning mazkur qarori universitetning amaldagi litsenziyasiga hech qanday ta'sir o'tkazmaydi.
Eslatib o'tamiz: Profi University o'z faoliyatini Ta'lim to'g'risidagi Qonunga muvofiq litsenziya asosidaamalga oshirib kelmoqda.
Profi University faoliyatiga oid qo'shimcha ma'lumotlar bilan universitet rasmiy Veb-sayti, Telegram,Instagram, Facebook hamda YouTube platformasidagi rasmiy sahifalari orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Profi University oliy maqsadi taʼlim orqali har tomonlama tanqidiy fikrlay oladigan, o'z bilimi va salohiyati bilan insonlarning hayotini yaxshilay oladigan professional kadrlar orqali rivojlangan jamiyat yaratilishiga hissa qo'shishdir
Shu sababli, Profi University o'z faoliyatini kengaytish bo'yicha harakatlarni davom ettiradi va talabalarga sifatli ta'lim berish bo'yicha bor imkoniyatlarini ishga soladi.