Tashrifning ikkinchi kuni Shox Med, Ruby Hall Clinic va Profi University vakillari o‘rtasida samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida shifokorlar va mutaxassislar o‘rtasida kasbiy tajriba almashinuvi amalga oshirildi, shuningdek klinik yondashuvlar, diagnostika va davolash bo‘yicha amaliy tajribalar muhokama qilindi.
Shuningdek, 2026-yil yanvar oyida Hindistondan tashrif buyuradigan yetakchi mutaxassislar tomonidan bemorlar uchun konsultatsiyalar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Konsultatsiyalar onkologiya, transplantatsiya, urologiya va boshqa tibbiy yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Ushbu hamkorlik bemorlar uchun xalqaro darajadagi tibbiy maslahatlar va zamonaviy davolash imkoniyatlarini yaratadi.
Yaqin kelajakda o‘zbekistonlik bemorlarning davo izlab Hindistonga borishiga hojat qolmaydi. Bizni kuzatishda davom eting.