Navoiyni har kuni o'qish kerak!
Bugun Alisher Navoiy 583 yoshga to'ldi. Qariyb 6 asrdan buyon Navoiy poetikasi Sharq mumtoz adabiyotining mag'zi, deb hisoblanadi.
Navoiy ijodi, shunchaki, bir shoirning yozmishlari emas, har kuni rivojlanib, ruhi tozarib borgan komil insonning 60 yillik hayoti, ko'rgan-kechirganlari, duch kelgan muammolariga yechimlaridir.
Shunday ekan, Navoiyni har kuni o'qish kerak!