Xush kelibsiz
Savollaringiz bo’lsa telefon raqamingizni kiriting va biz sizga barcha batafsil ma’lumotlarni beramiz
Toshkent sh., Bektemir t., Husayn Boyqaro k., 117
Navoiy v., Navoiy sh., Navoiy k., 81
9:00 - 17:00
Telefon raqamingizni qoldiring va biz sizni barcha qiziqtirgan savollaringizga javob beramiz!
5 ish kuni ichida kirish imtihonining yakuniy natijalari hisoblanadi va har bir abituriyentning ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamiga SMS orqali yuboriladi.
Ha, qabul jarayoni yakunlangandan so‘ng abituriyentlar to‘lov shartnomasini olish uchun quyidagi hujjatlarning asl nusxalarini universitetga topshirishlari kerak:
– Pasport yoki ID karta
– Kollej/litsey diplomi yoki maktab attestatining asl nusxasi
Yo’q, talabalikka tavsiya etilgan o'quvchilardan hujjatlarning asl nusxasini shaxsan o’zlari olib kelishlari so’raladi.
2025-2026-o'quv yili uchun "Profi University"ga talabalar test asosida qabul qilinadi.
※ Imtihon sanalari va vaqtlari abituriyentlarning soniga qarab, o’zgarishi mumkin. O’zgarishlardan xabardor bo’lish uchun Universitet veb-sahifasi va ijtimoiy tarmoq sahifalarini doimiy tekshirib turishni unutmang.
Ha, albatta. Univeritet ma'muriyati transferni amalga oshirish uchun arizalarni ko'rib chiqishi mumkin. Shu bilan birga, har bir abituriyent - talaba o’qishni ko'chirish bilan bog'liq talablarga javob berishi kerak.
Yo’q. Agar siz davlat va nodavlat tashkilotlarida ishlashni xohlasangiz, diplomni nostrifikatsiya qilish talab etilmaydi.
"Profi University" talabalari o'z tahsillarini boshqa OTM larga ko'chirish imkoniyatiga ega. Ko'chirish jarayoni Oliy ta'lim vazirligi tasdiqlagan joriy nizom asosida amalga oshiriladi.
Ha, albatta. Siz xalqaro talaba sifatida hujjat topshirishingiz mumkin. Biroq qabul jarayoni mahalliy abituriyentlarniki bilan bir tartibda amalga oshiriladi.
"Profi University" bitiruvchilari o’zlarining yuqori malakasi va xorijiy tillardagi bilim darajasi bilan chet el mamlakatlaridagi kompaniyalarda ishlashi mumkin. Biroq universitet o'z kuchini O'zbekiston iqtisodiyoti uchun kuchli malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo'naltiradi va talabalarni chet davlatlarda ishlashga unday olmaydi. Oliy ma'lumotli hamda professional kadrlarga doimo talab katta va o'z mamlakatlaridan chiqmagan holda yuqori maoshli ishlarda ishlashlari mumkin.
"Profi University" talabalarning yoshlari chegarasi borasidagi diskriminatsiyaga mutlaqo qarshi. Ta’lim sohasidagi qonunchilikka ko’ra, har bir inson yoshidan, jinsidan va etnik kelib chiqishidan qat’i nazar, oliy ta'lim muassasalarida tahsil olishi mumkin, shuningdek, OTM larda barcha talabalarga bir xil munosabatda bo’lish kafolatlanadi.
Ha. Profi University bitiruvchilari davlat OTM lari bilan bir xil darajadagi diplomga ega bo'ladilar.
"Profi University"da ta'lim tili sifatida o'zbek yoki rus tilini tanlashingiz mumkin.
Kirish imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish uchun faqat pasport ma’lumotlari talab qilinadi.
1 Abituriyent universitetning rasmiy sayti orqali onlayn ariza topshiradi https://profiuniversity.uz
2 Ikki fan bo‘yicha kirish imtihonini topshiradi
3 Qabul qilingan taqdirda talaba shartnoma olish uchun keladi
4 Yetarli ball to‘play olmagan abituriyent imtihonni qayta topshirishi mumkin