Profi University - O'zbekistondagi xususiy universitet
Manzili

Toshkent sh., Bektemir t., Husayn Boyqaro k., 117

Murojaat

78 777 11 11

E-mail

info@profiuniversity.uz


Ro'yxatdan o'tish

O'qituvchi

Amaliya Abdukadirova
Ortopedik stomatologiya kafedrasi o‘qituvchisi

Amaliya Abdukadirova Mamatraimovna ikki yildan ortiq vaqt davomida oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. Toshkent Davlat Stomatologiya Institutini “Stomatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlab, ortodontiya ixtisosligi bo‘yicha ordinaturani tugatgan.

Turkiyada malaka oshirish kurslarida ishtirok etgan hamda ko‘plab xalqaro konferensiyalar, seminarlar va ta’limiy dasturlarda faol qatnashib, o‘zining ilmiy va kasbiy salohiyatini oshirib borgan.

O‘ndan ortiq ilmiy maqolalar muallifi bo‘lib, ortodontiya sohasida faol ilmiy izlanishlar olib boradi.

Asosiy ilmiy yo‘nalishlari:
• Ortodontik davolashning psixososial jihatlari
• O‘zbekiston va xorijdagi ortodontik yondashuvlarning taqqoslamali tahlili
• Ortodontiyada innovatsion usul va texnologiyalar

Ilmiy faoliyati zamonaviy ortodontik yordamni takomillashtirish hamda klinik va ta’lim jarayonlariga dalillarga asoslangan yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan.

Pedagogik faoliyati stomatologiya kafedrasida amaliy mashg‘ulotlar olib borish orqali amalga oshiriladi. Interaktiv va talaba markazli o‘qitish uslublariga asoslanib, talabalarning klinik tafakkurini rivojlantirish, muammolarni hal etish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda amaliy malakalarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan.

Pedagog

Bizning jamoa bilan tanishing