Profi University - O'zbekistondagi xususiy universitet
Manzili

Toshkent sh., Bektemir t., Husayn Boyqaro k., 117

Murojaat

78 777 11 11

E-mail

info@profiuniversity.uz


Ro'yxatdan o'tish

Fakultet

Profi Universitetda

Davolash ishi - Tez-tez so'raladigan savollar

Tez-tez so'raladigan savollar

O‘quv yili qachon boshlanadi va tugaydi?
 Talabalar uchun mashg‘ulotlar sentabr oyining ikkinchi haftasidan boshlanadi.

📅 Yil davomida semestr mashg‘ulotlari, oraliq va yakuniy imtihonlar, shuningdek, majburiy amaliyotlar o‘tkaziladi.

Davolash ishi yo‘nalishida o‘qish muddati 6 yilni tashkil etadi.
Ta’lim shakli kunduzgi bo‘lib, barcha mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, amaliyotlar va klinik bazalardagi darslarda majburiy ishtirok etish talab qilinadi.

O‘quv rejasiga nazariy asosiy fanlar bilan birga amaliy shifokorlik tayyorgarligi ham kiritilgan.

Ikki fan topshiriladi:

Biologiya — 30 ta savol × 3.9 ball = 117 ball
Kimyo — 30 ta savol × 2.4 ball = 72 ball

Umumiy ball — 189
O‘tish balli — 100

Yo‘q.
Davolash ishi yo‘nalishiga kirishda faqat biologiya va kimyo fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlar (belgilangan shartlarga mos kelsa) hisobga olinadi.

Ingliz tili (IELTS, CEFR) yoki boshqa xalqaro yoki fanlar bo‘yicha sertifikatlar qabul jarayoniga ta’sir qilmaydi va imtihonlarni almashtira olmaydi.

Ha. Agar quyidagi shartlar bajarilsa, biologiya va kimyo bo‘yicha milliy sertifikatlar kirish imtihonlari o‘rniga hisobga olinadi.

Sertifikat talablari:
– Sertifikat amaldagi bo‘lishi kerak (muddati o‘tmagan)
– Natija kamida 60% bo‘lishi kerak

Misol 1 — faqat kimyo bo‘yicha sertifikat:
Agar sizda kimyodan 60% natijali sertifikat bo‘lsa, siz faqat biologiya fanidan imtihon topshirasiz.
Hisob: 60% × 72 = 43,2 ball

Misol 2 — faqat biologiya bo‘yicha sertifikat:
Agar sizda biologiyadan 70% natijali sertifikat bo‘lsa, siz faqat kimyo fanidan imtihon topshirasiz.
Hisob: 70% × 117 = 81,9 ball

Misol 3 — ikkala fan bo‘yicha sertifikat mavjud:
Agar sizda biologiya (70%) va kimyo (60%) fanlaridan sertifikat bo‘lsa, imtihonga kelishingiz shart emas.
Hisob:
Biologiya: 70% × 117 = 81,9 ball
Kimyo: 60% × 72 = 43,2 ball
Umumiy ball: 125,1

Sertifikatlar hisobga olinishi uchun ularni oldindan shaxsiy kabinet orqali yoki telefon/Telegram orqali qabul komissiyasiga yuborish majburiy.

Universitet barcha sertifikatlarning haqiqiyligi va amal qilish muddatini tekshiradi hamda yakuniy qarorni qabul qiladi.

Davolash ishi yo‘nalishida ta’lim o‘zbek va rus tillarida alohida guruhlarda olib boriladi.
Guruhlar aralashtirilmaydi, abituriyent o‘qishga kirishda ta’lim tilini tanlaydi.

O‘qish boshlanganidan so‘ng, talabalar ingliz tilini bilish darajasiga qarab, ingliz tilida ta’lim beriladigan alohida guruh ham shakllantirilishi mumkin.
Bu guruhlar ham o‘zbekzabon va rusiyzabonlar uchun alohida tashkil etiladi va aralashtirilmaydi.

Yo‘q. Davolash ishi yo‘nalishida ta’lim faqat kunduzgi shaklda olib boriladi.
Darslar kunduzgi jadval asosida o‘tkaziladi, ma’ruzalar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlarda majburiy ishtirok talab qilinadi.

Ta’lim jarayoni haftaning besh ish kuni asosida tashkil etilgan, dushanbadan jumagacha.

Davolash ishi yo‘nalishi uchun 2025–2026 o‘quv yili kontrakt narxi yiliga 32 500 000 so‘mni tashkil etadi.

Universitet quyidagi moslashuvchan to‘lov variantlarini taklif qiladi:

100% oldindan to‘lov:
– 31-iyulgacha 25% chegirma → 24 375 000 so‘m
– 30-sentabrgacha 20% chegirma → 26 000 000 so‘m

2 qismga bo‘lib to‘lash:
– 10% chegirma, umumiy summa: 29 250 000 so‘m
– 1-qism: 14 625 000 so‘m — 30-sentabrgacha
– 2-qism: 14 625 000 so‘m — 30-yanvargacha

4 qismda to‘lash (chegirmasiz):
– Umumiy summa: 32 500 000 so‘m
– 1-qism: 8 125 000 so‘m — 30-sentabrgacha
– 2-qism: 8 125 000 so‘m — 30-noyabrgacha
– 3-qism: 8 125 000 so‘m — 31-yanvargacha
– 4-qism: 8 125 000 so‘m — 31-martgacha

Asosiy darslar **Profi University**ning Bektemir kampusida (Husayn Boyqaro ko‘chasi, 117-uy) o‘tkaziladi.
Xorijiy tillar bo‘yicha mashg‘ulotlar Beruniy kampusida olib boriladi, chunki til kafedrasi aynan shu yerda joylashgan.

Dars jadvali shunday tuziladiki, bir kunda barcha mashg‘ulotlar faqat bitta kampusda bo‘ladi:
– Agar birinchi juftlik Bektemir kampusida bo‘lsa, o‘sha kunning barcha darslari Bektemirda o‘tkaziladi
– Agar birinchi juftlik Beruniy kampusida bo‘lsa, kun davomidagi barcha darslar Beruniyda bo‘ladi

Amaliy mashg‘ulotlar faniga qarab tegishli klinik bazalarda olib boriladi.

**Profi University**da moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning ikki turi mavjud:

Stipendiya — oyiga 600 000 so‘m
Stipendiya quyidagi talabalarga beriladi:
– Kirish imtihonida 100 balldan yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlarga
– Ichki reyting asosidagi stipendiya imtihonida yuqori o‘rinlarni egallagan talabalarga

Stipendiya bir semestrga belgilanadi.
Ichki imtihon har semestrdan so‘ng, yiliga ikki marta o‘tkaziladi.

Barcha ishtirokchilar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
– Mutaxassislik fanlari bo‘yicha testlar
– IQ-testi
– GPA (o‘rtacha baho)

Tizim dinamik:
– Talabaning ko‘rsatkichlari pasaysa, stipendiya bekor qilinadi
– Avval stipendiyasiz o‘qigan talaba yuqori natijalar orqali stipendiya olishi mumkin

Grant — bepul o‘qish va oyiga 600 000 so‘m stipendiya
Grant imtihoni yiliga bir marta, avgust oyida o‘tkaziladi.

Ishtirok etish uchun abituriyent kirish imtihonida kamida 110 ball to‘plashi kerak.

Grant imtihoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– Barcha uchun bir xil topshiriqlar
– IQ-testi
– Sertifikatlar va imtiyozlar hisobga olinmaydi

Grant bir o‘quv yiliga beriladi.
Agar talaba akademik natijalarni yuqori darajada saqlab qolsa, grant keyingi yilga ham uzaytiriladi.

Shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar ham reyting natijalari orqali keyingi yilda grantga o‘tish imkoniyatiga ega.

Talabalar uchun mashg‘ulotlar sentabr oyining ikkinchi haftasidan boshlanadi.
O‘quv yili davomida semestr mashg‘ulotlari, oraliq va yakuniy imtihonlar, shuningdek, majburiy amaliyotlar o‘tkaziladi.

Ha. **Profi University**ga kirishda maktabdagi baholar yakuniy natijaga ta’sir qilishi mumkin.

Qo‘shimcha foizlar quyidagicha qo‘shiladi:
– Agar attestatda birorta ham “3” baho bo‘lmasa, yakuniy ballga +5% qo‘shiladi
– Agar barcha baholar “5” bo‘lsa, +10% qo‘shiladi

Hujjat topshirish jarayonida attestat qabul komissiyasi tomonidan majburiy tarzda tekshiriladi.

Ha. **Profi University**da bepul o‘qish va stipendiya olish imkonini beruvchi alohida grant imtihoni o‘tkaziladi.

Imtihon har yili avgust oyida bir marta o‘tkaziladi.
Unda ishtirok etish uchun abituriyent kirish imtihonlarida (avgustgacha) kamida 110 ball to‘plagan bo‘lishi kerak.

Grant imtihonida g‘olib bo‘lganlar:
– Bepul o‘qiydi
– Oyiga 600 000 so‘m stipendiya oladi

Muhim:
Grant imtihonida hech qanday sertifikatlar, imtiyozlar yoki avvalgi ballar hisobga olinmaydi.
Barcha ishtirokchilar imtihon kuni bir xil testni, jumladan IQ-testni, shaxsan topshiradilar.

Universitetga qabul qilinganingizdan so‘ng va shartnoma olganingizda, 5 ish kuni ichida 980 000 so‘m miqdoridagi bronlash to‘lovini amalga oshirishingiz kerak.

Ushbu summa umumiy kontrakt narxiga kiritiladi va undan chegirib tashlanadi.

Qolgan to‘lov o‘quv yili boshlanishidan oldin, tanlangan to‘lov usuliga (100% to‘lov, 2 qism yoki 4 qism) muvofiq amalga oshiriladi.

Muhim: shartnoma bekor qilingan taqdirda, bronlash to‘lovi qaytarilmaydi.

Agar o‘tish ballini to‘play olmagan bo‘lsangiz, kirish imtihonini qayta topshirishingiz mumkin.

Buning uchun:
Profi University saytida shaxsiy kabinetingizga kiring va imtihon sanasini o‘zgartiring
– Agar muammo yuzaga kelsa, call-markazga murojaat qiling

Ha, o‘qishni ko‘chirish mumkin.
Profi University boshqa OTMlardan o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalarni qabul qiladi. Bunda 1-kursda o‘tilgan mutaxassislik fanlari bo‘yicha imtihon topshirish talab etiladi.

Ko‘chirish uchun imtihon 26-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.


Universitet saytida ro‘yxatdan o‘ting.

Kirish imtihoniga keling (eng yaqin imtihon — 1-iyun, soat 09:00).

Agar qabul qilingan bo‘lsangiz, shartnoma olish uchun qabul komissiyasiga murojaat qiling.

Kerakli hujjatlar:
– Pasport (ID-karta)
– Attestat yoki diplom
– Agar attestat hali olinmagan bo‘lsa, maktabdan 11-sinfni tugatganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma

Ha, bor.
https://license.gov.uz/registry/6ed1e2c9-6fb2-4d15-8868-caaf64be69ae
Profi University rasmiy davlat litsenziyasiga ega bo‘lib, barcha e’lon qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim berish huquqiga ega.

Kirish imtihonlari iyun oyidan sentabr oyigacha davom etadi.
Biroq belgilangan kvotalar erta to‘lgan fakultetlarda imtihonlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkin. Shu sababli imtihonlarda imkon qadar erta ishtirok etish va talabalikka tavsiya etilgan taqdirda shartnomani erta olib, o‘z joyingizni (bron) band qilish tavsiya etiladi.
Chunki grant o‘rinlari faqat Profi University'ni tanlagan talabalar uchun ajratiladi.
Bron summani to‘lagan abituriyentlar universitetni tanlagan hisoblanadi.

2025-2026-o'quv yili uchun "Profi University"ga talabalar test asosida qabul qilinadi.

Imtihon sanalari va vaqtlari abituriyentlarning soniga qarab, o’zgarishi mumkin. O’zgarishlardan xabardor bo’lish uchun Universitet veb-sahifasi va ijtimoiy tarmoq sahifalarini doimiy tekshirib turishni unutmang. 

Hozirgi vaqtda "Profi University"da quyidagi mutaxassisliklar mavjud:

  • Maktabgacha ta’lim
  • Boshlang’ich ta’lim
  • Rus tili
  • Ingliz tili va adabiyoti
  • Pedogogika-psixologiya
  • O'zbek tili va adabiyoti
  • Iqtisodiyot
  • Buxgalteriya hisobi va audit
  • Bank ishi va auditi
  • Marketing
  • Turizm
  • Axborot tizimlari va texnologiyalari
  • Stomatologiya
  • Davolash ishi

Kirish imtihonining umumiy natijalari hisoblanib, javoblar har bir abituriyentning ro'yxatdan o'tgan raqamiga SMS ko'rinishida yuboriladi. 

Hujjatlar imtihon va suhbat o'tgandan so'ng qabul qilinadi:
– Passport;
– Kollej/litsey diplomi yoki maktab attestati
– 3.5×4.5 rasm (oq, tiniq fonda va oxirgi 3 oy ichida olingan bo’lishi kerak).
Barcha hujjatlar skaner variantda, pdf va jpg formatda bo’lishi shart.

Abituriyentlar Universitetning rasmiy veb-sahifasi orqali onlayn tarzda hujjat topshiradilar:
https://profiuniversity.uz

Ha, qabul jarayoni to'liq yakunlangandan so’ng o'qishga qabul qilinganlar to’lov shartnomasini olish uchun quyidagi hujjatlarning asl nusxasini universitetga o'zlari bilan olib kelishlari kerak:

  • Harbiy guvohnoma (faqat o'g'il bolalar uchun);
  • Kollej/Litsey diplomi yoki maktab attestatining asl nusxasi.
  • 3.5×4.5 rasm (4 dona)

Yo’q, talabalikka tavsiya etilgan o'quvchilardan hujjatlarning asl nusxasini shaxsan o’zlari olib kelishlari so’raladi.

Universitetda kunduzgi ta'lim shakli uchun o’qish muddati 4 yilni tashkil qiladi, kechki ta'lim shakli uchun 4,5 yil, sirtqi shakl uchun esa ta'lim muddati 5 yil deb belgilangan. Shuningdek, har bir o’quv yilida talaba amaliyot darslariga chiqariladi.

Ha, "Profi University"da 600 o'rinli yotoqxona mavjud.

"Profi University"da ta'lim tili sifatida o'zbek yoki rus tilini tanlashingiz mumkin.

Ha. Profi University bitiruvchilari davlat OTM lari bilan bir xil darajadagi diplomga ega bo'ladilar.

Yo’q. Agar siz davlat va nodavlat tashkilotlarida ishlashni xohlasangiz, diplomni nostrifikatsiya qilish talab etilmaydi.

Ha, albatta. Univeritet ma'muriyati transferni amalga oshirish uchun arizalarni ko'rib chiqishi mumkin. Shu bilan birga, har bir abituriyent - talaba o’qishni ko'chirish bilan bog'liq talablarga javob berishi kerak.

"Profi University" talabalari o'z tahsillarini boshqa OTM larga ko'chirish imkoniyatiga ega. Ko'chirish jarayoni Oliy ta'lim vazirligi tasdiqlagan joriy nizom asosida amalga oshiriladi.

"Profi University" bitiruvchilari o’zlarining yuqori malakasi va xorijiy tillardagi bilim darajasi bilan chet el mamlakatlaridagi kompaniyalarda ishlashi mumkin. Biroq universitet o'z kuchini O'zbekiston iqtisodiyoti uchun kuchli malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo'naltiradi va talabalarni chet davlatlarda ishlashga unday olmaydi. Oliy ma'lumotli hamda professional kadrlarga doimo talab katta va o'z mamlakatlaridan chiqmagan holda yuqori maoshli ishlarda ishlashlari mumkin.

Ha, albatta. Siz xalqaro talaba sifatida hujjat topshirishingiz mumkin. Biroq qabul jarayoni mahalliy abituriyentlarniki bilan bir tartibda amalga oshiriladi. 

"Profi University" talabalarning yoshlari chegarasi borasidagi diskriminatsiyaga mutlaqo qarshi. Ta’lim sohasidagi qonunchilikka ko’ra, har bir inson yoshidan, jinsidan va etnik kelib chiqishidan qat’i nazar, oliy ta'lim muassasalarida tahsil olishi mumkin, shuningdek, OTM larda barcha talabalarga bir xil munosabatda bo’lish kafolatlanadi.

Savolingiz bormi?

Ma'lumotlaringizni to'ldiring

Telefon raqamingizni qoldiring va biz sizni barcha qiziqtirgan savollaringizga javob beramiz!