Profi University - O'zbekistondagi xususiy universitet
Manzili

Toshkent sh., Bektemir t., Husayn Boyqaro k., 117

Murojaat

78 777 11 11

E-mail

info@profiuniversity.uz


Ro'yxatdan o'tish

Davolash ishi yo'nalishi

Profi Universitetda

Davolash ishi - Tez-tez so'raladigan savollar

Tez-tez so'raladigan savollar

O‘quv yili qachon boshlanadi va tugaydi?
 Talabalar uchun mashg‘ulotlar sentabr oyining ikkinchi haftasidan boshlanadi.

📅 Yil davomida semestr mashg‘ulotlari, oraliq va yakuniy imtihonlar, shuningdek, majburiy amaliyotlar o‘tkaziladi.

Davolash ishi yo‘nalishida o‘qish muddati 6 yilni tashkil etadi.
Ta’lim shakli kunduzgi bo‘lib, barcha mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, amaliyotlar va klinik bazalardagi darslarda majburiy ishtirok etish talab qilinadi.

O‘quv rejasiga nazariy asosiy fanlar bilan birga amaliy shifokorlik tayyorgarligi ham kiritilgan.

Ikki fan topshiriladi:

Biologiya — 30 ta savol × 3.9 ball = 117 ball
Kimyo — 30 ta savol × 2.4 ball = 72 ball

Umumiy ball — 189
O‘tish balli — 100

Yo‘q.
Davolash ishi yo‘nalishiga kirishda faqat biologiya va kimyo fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlar (belgilangan shartlarga mos kelsa) hisobga olinadi.

Ingliz tili (IELTS, CEFR) yoki boshqa xalqaro yoki fanlar bo‘yicha sertifikatlar qabul jarayoniga ta’sir qilmaydi va imtihonlarni almashtira olmaydi.

Ha. Agar quyidagi shartlar bajarilsa, biologiya va kimyo bo‘yicha milliy sertifikatlar kirish imtihonlari o‘rniga hisobga olinadi.

Sertifikat talablari:
– Sertifikat amaldagi bo‘lishi kerak (muddati o‘tmagan)
– Natija kamida 60% bo‘lishi kerak

Misol 1 — faqat kimyo bo‘yicha sertifikat:
Agar sizda kimyodan 60% natijali sertifikat bo‘lsa, siz faqat biologiya fanidan imtihon topshirasiz.
Hisob: 60% × 72 = 43,2 ball

Misol 2 — faqat biologiya bo‘yicha sertifikat:
Agar sizda biologiyadan 70% natijali sertifikat bo‘lsa, siz faqat kimyo fanidan imtihon topshirasiz.
Hisob: 70% × 117 = 81,9 ball

Misol 3 — ikkala fan bo‘yicha sertifikat mavjud:
Agar sizda biologiya (70%) va kimyo (60%) fanlaridan sertifikat bo‘lsa, imtihonga kelishingiz shart emas.
Hisob:
Biologiya: 70% × 117 = 81,9 ball
Kimyo: 60% × 72 = 43,2 ball
Umumiy ball: 125,1

Sertifikatlar hisobga olinishi uchun ularni oldindan shaxsiy kabinet orqali yoki telefon/Telegram orqali qabul komissiyasiga yuborish majburiy.

Universitet barcha sertifikatlarning haqiqiyligi va amal qilish muddatini tekshiradi hamda yakuniy qarorni qabul qiladi.

Davolash ishi yo‘nalishida ta’lim o‘zbek va rus tillarida alohida guruhlarda olib boriladi.
Guruhlar aralashtirilmaydi, abituriyent o‘qishga kirishda ta’lim tilini tanlaydi.

O‘qish boshlanganidan so‘ng, talabalar ingliz tilini bilish darajasiga qarab, ingliz tilida ta’lim beriladigan alohida guruh ham shakllantirilishi mumkin.
Bu guruhlar ham o‘zbekzabon va rusiyzabonlar uchun alohida tashkil etiladi va aralashtirilmaydi.

Yo‘q. Davolash ishi yo‘nalishida ta’lim faqat kunduzgi shaklda olib boriladi.
Darslar kunduzgi jadval asosida o‘tkaziladi, ma’ruzalar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlarda majburiy ishtirok talab qilinadi.

Ta’lim jarayoni haftaning besh ish kuni asosida tashkil etilgan, dushanbadan jumagacha.

Davolash ishi yo‘nalishi uchun 2025–2026 o‘quv yili kontrakt narxi yiliga 32 500 000 so‘mni tashkil etadi.

Universitet quyidagi moslashuvchan to‘lov variantlarini taklif qiladi:

100% oldindan to‘lov:
– 31-iyulgacha 25% chegirma → 24 375 000 so‘m
– 30-sentabrgacha 20% chegirma → 26 000 000 so‘m

2 qismga bo‘lib to‘lash:
– 10% chegirma, umumiy summa: 29 250 000 so‘m
– 1-qism: 14 625 000 so‘m — 30-sentabrgacha
– 2-qism: 14 625 000 so‘m — 30-yanvargacha

4 qismda to‘lash (chegirmasiz):
– Umumiy summa: 32 500 000 so‘m
– 1-qism: 8 125 000 so‘m — 30-sentabrgacha
– 2-qism: 8 125 000 so‘m — 30-noyabrgacha
– 3-qism: 8 125 000 so‘m — 31-yanvargacha
– 4-qism: 8 125 000 so‘m — 31-martgacha

Asosiy darslar **Profi University**ning Bektemir kampusida (Husayn Boyqaro ko‘chasi, 117-uy) o‘tkaziladi.
Xorijiy tillar bo‘yicha mashg‘ulotlar Beruniy kampusida olib boriladi, chunki til kafedrasi aynan shu yerda joylashgan.

Dars jadvali shunday tuziladiki, bir kunda barcha mashg‘ulotlar faqat bitta kampusda bo‘ladi:
– Agar birinchi juftlik Bektemir kampusida bo‘lsa, o‘sha kunning barcha darslari Bektemirda o‘tkaziladi
– Agar birinchi juftlik Beruniy kampusida bo‘lsa, kun davomidagi barcha darslar Beruniyda bo‘ladi

Amaliy mashg‘ulotlar faniga qarab tegishli klinik bazalarda olib boriladi.

Profi Universityda moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning ikki turi mavjud.

Stipendiya — oyiga 600 000 so‘m
Stipendiya quyidagi abituriyent va talabalarga beriladi:
– Kirish imtihonida 120 balldan yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlarga
– Ichki reyting imtihoni natijalariga ko‘ra yuqori o‘rinlarni egallagan talabalarga

Stipendiya bir semestrga tayinlanadi.
Ichki imtihon har semestrdan keyin yiliga ikki marta o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar quyidagi ko‘rsatkichlar asosida baholanadi:
– Mutaxassislik fanlari bo‘yicha testlar
– IQ testi
– GPA (o‘rtacha baho)

Tizim dinamik hisoblanadi:
– Natijalar pasaysa, stipendiya bekor qilinadi
– Avval stipendiyasiz o‘qigan talaba yuqori natija ko‘rsatsa, stipendiya olishi mumkin

Grant — bepul ta’lim va oyiga 600 000 so‘m stipendiya
Grant imtihoni yiliga bir marta, avgust oyida o‘tkaziladi.

Unda qatnashish uchun abituriyent kirish imtihonida kamida 120 ball to‘plashi kerak.

Grant imtihoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– Barcha ishtirokchilar uchun bir xil topshiriqlar
– IQ testi
– Sertifikatlar va imtiyozlar hisobga olinmaydi

Grant bir o‘quv yiliga beriladi.
Agar talaba yuqori akademik natijalarni saqlab qolsa, grant keyingi yilga uzaytiriladi.

Kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar ham keyingi yili yuqori reytingga ega bo‘lsa, grantga o‘tishlari mumkin.

Talabalar uchun mashg‘ulotlar sentabr oyining ikkinchi haftasidan boshlanadi.
O‘quv yili davomida semestr mashg‘ulotlari, oraliq va yakuniy imtihonlar, shuningdek, majburiy amaliyotlar o‘tkaziladi.

Ha. **Profi University**ga kirishda maktabdagi baholar yakuniy natijaga ta’sir qilishi mumkin.

Qo‘shimcha foizlar quyidagicha qo‘shiladi:
– Agar attestatda birorta ham “3” baho bo‘lmasa, yakuniy ballga +5% qo‘shiladi
– Agar barcha baholar “5” bo‘lsa, +10% qo‘shiladi

Hujjat topshirish jarayonida attestat qabul komissiyasi tomonidan majburiy tarzda tekshiriladi.

Ha. Profi Universityda alohida grant imtihoni o‘tkaziladi, bu bepul ta’lim va stipendiya olish imkonini beradi.

Imtihon yiliga bir marta, avgust oyida o‘tkaziladi.
Unda qatnashish uchun abituriyent kirish imtihonlarida (avgustgacha) kamida 120 ball to‘plashi kerak.

Grant imtihoni g‘oliblari quyidagilarga ega bo‘ladi:
– Bepul ta’lim
– Oyiga 600 000 so‘m stipendiya

Muhim:
Grant imtihonida hech qanday sertifikatlar, imtiyozlar yoki oldingi ballar hisobga olinmaydi.
Barcha ishtirokchilar imtihon kuni shaxsan bir xil test topshiradilar, jumladan IQ testi.

Universitetga qabul qilinganingizdan so‘ng va shartnoma olganingizda, 5 ish kuni ichida 980 000 so‘m miqdoridagi bronlash to‘lovini amalga oshirishingiz kerak.

Ushbu summa umumiy kontrakt narxiga kiritiladi va undan chegirib tashlanadi.

Qolgan to‘lov o‘quv yili boshlanishidan oldin, tanlangan to‘lov usuliga (100% to‘lov, 2 qism yoki 4 qism) muvofiq amalga oshiriladi.

Muhim: shartnoma bekor qilingan taqdirda, bronlash to‘lovi qaytarilmaydi.

Agar o‘tish ballini to‘play olmagan bo‘lsangiz, kirish imtihonini qayta topshirishingiz mumkin.

Buning uchun:
Profi University saytida shaxsiy kabinetingizga kiring va imtihon sanasini o‘zgartiring
– Agar muammo yuzaga kelsa, call-markazga murojaat qiling

Ha, o‘qishni ko‘chirish mumkin.
Profi University boshqa oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalarni qabul qiladi. Buning uchun birinchi kursda o‘tilgan mutaxassislik fanlari bo‘yicha imtihon topshirish kerak.

O‘qishni ko‘chirish uchun demo imtihon 2026-yil 17-may kuni o‘tkaziladi.

Universitet saytida ro‘yxatdan o‘ting.

Kirish imtihoniga keling (eng yaqin demo imtihon — 2026-yil 3-may).

Qabul qilingandan so‘ng shartnoma olish uchun qabul komissiyasiga murojaat qiling.

Kerakli hujjatlar:
– Pasport (ID karta)
– Attestat yoki diplom
– Agar attestat hali olinmagan bo‘lsa — maktabdan 11-sinfni tugatganlik haqida ma’lumotnoma

Ha, bor.
https://license.gov.uz/registry/6ed1e2c9-6fb2-4d15-8868-caaf64be69ae
Profi University rasmiy davlat litsenziyasiga ega bo‘lib, barcha e’lon qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim berish huquqiga ega.

Kirish imtihonlari iyun oyidan avgust oyigacha o‘tkaziladi.
Biroq, ayrim fakultetlarda belgilangan kvotalar oldinroq to‘lib qolsa, imtihonlar muddatidan oldin yakunlanishi mumkin. Shu sababli, imkon qadar erta imtihonda ishtirok etish va tavsiya etilgandan so‘ng shartnomani o‘z vaqtida olib, o‘rningizni band qilish tavsiya etiladi.
Chunki grant o‘rinlari faqat Profi University'ni tanlagan talabalar uchun ajratiladi.
Bron summani to‘lagan abituriyentlar universitetni tanlagan hisoblanadi.

2025-2026-o'quv yili uchun "Profi University"ga talabalar test asosida qabul qilinadi.

Imtihon sanalari va vaqtlari abituriyentlarning soniga qarab, o’zgarishi mumkin. O’zgarishlardan xabardor bo’lish uchun Universitet veb-sahifasi va ijtimoiy tarmoq sahifalarini doimiy tekshirib turishni unutmang. 

5 ish kuni ichida kirish imtihonining yakuniy natijalari hisoblanadi va har bir abituriyentning ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamiga SMS orqali yuboriladi.

Kirish imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish uchun faqat pasport ma’lumotlari talab qilinadi.

1 Abituriyent universitetning rasmiy sayti orqali onlayn ariza topshiradi https://profiuniversity.uz
2 Ikki fan bo‘yicha kirish imtihonini topshiradi
3 Qabul qilingan taqdirda talaba shartnoma olish uchun keladi
4 Yetarli ball to‘play olmagan abituriyent imtihonni qayta topshirishi mumkin

Ha, qabul jarayoni yakunlangandan so‘ng abituriyentlar to‘lov shartnomasini olish uchun quyidagi hujjatlarning asl nusxalarini universitetga topshirishlari kerak:

– Pasport yoki ID karta
– Kollej/litsey diplomi yoki maktab attestatining asl nusxasi

Yo’q, talabalikka tavsiya etilgan o'quvchilardan hujjatlarning asl nusxasini shaxsan o’zlari olib kelishlari so’raladi.

"Profi University"da ta'lim tili sifatida o'zbek yoki rus tilini tanlashingiz mumkin.

Ha. Profi University bitiruvchilari davlat OTM lari bilan bir xil darajadagi diplomga ega bo'ladilar.

Yo’q. Agar siz davlat va nodavlat tashkilotlarida ishlashni xohlasangiz, diplomni nostrifikatsiya qilish talab etilmaydi.

Ha, albatta. Univeritet ma'muriyati transferni amalga oshirish uchun arizalarni ko'rib chiqishi mumkin. Shu bilan birga, har bir abituriyent - talaba o’qishni ko'chirish bilan bog'liq talablarga javob berishi kerak.

"Profi University" talabalari o'z tahsillarini boshqa OTM larga ko'chirish imkoniyatiga ega. Ko'chirish jarayoni Oliy ta'lim vazirligi tasdiqlagan joriy nizom asosida amalga oshiriladi.

"Profi University" bitiruvchilari o’zlarining yuqori malakasi va xorijiy tillardagi bilim darajasi bilan chet el mamlakatlaridagi kompaniyalarda ishlashi mumkin. Biroq universitet o'z kuchini O'zbekiston iqtisodiyoti uchun kuchli malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo'naltiradi va talabalarni chet davlatlarda ishlashga unday olmaydi. Oliy ma'lumotli hamda professional kadrlarga doimo talab katta va o'z mamlakatlaridan chiqmagan holda yuqori maoshli ishlarda ishlashlari mumkin.

Ha, albatta. Siz xalqaro talaba sifatida hujjat topshirishingiz mumkin. Biroq qabul jarayoni mahalliy abituriyentlarniki bilan bir tartibda amalga oshiriladi. 

"Profi University" talabalarning yoshlari chegarasi borasidagi diskriminatsiyaga mutlaqo qarshi. Ta’lim sohasidagi qonunchilikka ko’ra, har bir inson yoshidan, jinsidan va etnik kelib chiqishidan qat’i nazar, oliy ta'lim muassasalarida tahsil olishi mumkin, shuningdek, OTM larda barcha talabalarga bir xil munosabatda bo’lish kafolatlanadi.

Savolingiz bormi?

Ma'lumotlaringizni to'ldiring

Telefon raqamingizni qoldiring va biz sizni barcha qiziqtirgan savollaringizga javob beramiz!

Uz image