Manzil

Toshkent sh., Bektemir t., Husayn Boyqaro k., 117

Murojaat

78 777 11 11

E-mail

info@profiuniversity.uz


Ro'yxatdan o'tish

Universitet yangiliklari

TIBBIYOT va YURISPRUDENSIYA qabul imtihoni bo‘yicha savollarga javoblar!

TIBBIYOT va YURISPRUDENSIYA qabul imtihoni bo‘yicha savollarga javoblar!

TIBBIYOT va YURISPRUDENSIYA qabul imtihoni bo‘yicha savollarga javoblar!
1-savol: Yangi yo‘nalishlar uchun kirish imtihoni qachon bo‘lib o‘tadi? 
Javob: 23-avgust soat 10:00 da yangi yo‘nalishlar bo‘yicha ilk qabul imtihoni bo‘lib o‘tadi.

2-savol: Imtihon qay tarzda o‘tkaziladi? 
Javob: Kirish imtihoni doimgidek offline tarzda bo‘lib o‘tadi.

3-savol: Imtihonda qaysi fanlardan test sinovi o‘tkaziladi?
Javob: Davolash ishi, Pediatriya ishi, Stomatologiya ishi uchun: 1-fan - biologiya, 2-fan - kimyo;
Farmatsiya uchun: 1-fan kimyo; 2-fan biologiya;
Yurisprudensiya uchun: 1-fan huquq; 2-fan ingliz tili.

4-savol: Kirish imtihonlaridan o‘tish balli qancha? 
Javob: 80 ball. Stipendiya uchun esa 100 ball 

5-savol: Yangi yo‘nalishlarda darslar qanday ta'lim shakllari asosida tashkil etiladi?
Javob: Tibbiyot yo‘nalishlari uchun: kunduzgi;
Yurisprudensiya yo‘nalishi uchun: kunduzgi, kechki va sirtqi.

6-savol: Abituriyentlar yangi yo‘nalishlar uchun DTM balli bilan qabul qilinadimi?
Javob: Ha, albatta. Bu yo‘nalishlar uchun o‘tish balli - 80 ball. Fanlar bir biriga mos kelishi kerak

7-savol: Imtihon topshirish uchun to‘lov qilish shartmi?
Javob: Yo‘q, imtihon topshirish mutlaqo bepul.

8-savol: Kirish imtihonida imtiyozlar hisobga olinadimi? 
Javob: Ha, Milliy sertifikat, IELTS va CEFR sertifikatlari mavjud abituriyentlarga shu fandan maksimal ball qo‘shib beriladi. 

9-savol: Stipendiya mavjudmi?
Javob: Ha, mavjud, kirish imtihonlarida 100 balldan yuqori natijalarni qayd etgan abituriyentlarga oyiga 600 ming so‘mdan stipendiya ajratiladi. 

10-savol: Grant mavjudmi? 
Javob: Ha, albatta, faqat yangi yo‘nalishlarga topshirayotgan abituriyentlarga alohida grant imtihoni o‘tkaziladi. 

11-savol: Yangi yo‘nalishlar uchun qaysi tillarda dars olib boriladi? 
Javob: Bu yo‘nalishlar uchun ta'lim tillari - o‘zbek, rus va ingliz tillaridir. 

12-savol: Qancha kvota mavjud? 
Javob: Har bir yo‘nalish uchun 200 ta kvota ajratilgan.

13-savol: Qabul imtihonlari qachongacha davom etadi? 
Javob: Qabul 1-oktabrga qadar davom etadi.

Yana boshqa savollar bo‘lsa, bizga bemalol murojaat qilishingiz mumkin:. +998 78 777 11 11

Boshqa yangiliklar