Hozirgi kunda oliygohlarni tamomlayotgan bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash masalasi eng aktual muammolardan biri sanaladi. Ish o‘rinlari uchun raqobat esa avvalgi yillarga qaraganda bir necha bor ortgan.
Biz bitiruvchilarimizning salohiyatini to‘liq ochib beruvchi hamda ularning ish faoliyati samaradorligini aniqlab beruvchi tizim joriy qilmoqchimiz.
Shu sababli, talaba va bitiruvchilarimizni ish bilan ta’minlash hamda ularning shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Karyera xizmati” (Career Service) faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Hozirda talabalarimiz portfoliosini shakllantirish uchun ilk qadamlar tashlangan.
Karyera xizmati talabalar va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi. Biz talaba va bitiruvchilarimizni nafaqat ish bilan ta'minlash, balki ularning shaxsiy rivojlanishi uchun ham qayg'uramiz.