Kuni-kecha Profi University taʼsischisi Bektosh Xatamov Istanbul Kent University rektori, professor Dr. M.Necmettin ATSÜ bilan talaba va o‘qituvchi-professorlar almashinuvi bo'yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilgandi.
Bugun esa Turkiyadagi Marmara Universityga tashrif buyurib, Profi Universityda Turk tili fakultetini yo'lga qo'yish, shuningdek qo'shma diplom dasturlari — 3+1 va 2+2 tizimini joriy etish bo'yicha muzokaralar olib bordi.
Kelasi yildan boshlab Profi University talabalariga yanada katta imkoniyatlar eshigi ochilishi kutilmoqda.