Manzil

Toshkent sh., Bektemir t., Husayn Boyqaro k., 117

Murojaat

78 777 11 11

E-mail

info@profiuniversity.uz


Ro'yxatdan o'tish

Universitet yangiliklari

Profi Universityning "Career Service" platformasi to'liq ishga tushdi

Profi Universityning "Career Service" platformasi to'liq ishga tushdi

Profi Universityning "Career Service" platformasi to'liq ishga tushdi

Xabaringiz bo'lsa, "Career Service" platformasi faoliyatini yo'lga qo'yish bo'yicha amalga oshirlayotgan texnik ishlar joriy yilning 25-dekabriga qadar yakunlanishi va mazkur bo'lim to'liq ishga tushishini ma'lum qilgandik.

Mutaxassislarimizning xabar berishicha, ayni vaqtda "Career Service" platformasi ishga shay holatga keltirilgan. Endilikda talabalarimiz ma'lumotlarini bemalol platformaga yuklash imkoniyati mavjud.

O'ylaymizki, ushbu yangilik talabalarimizning qishki ta'tildan qaytishlariga yaxshi xabar bo'ladi. Biz ham aynan qishki ta'tildan so'ng "Career Service" bo'limini boyitish uchun talabalarimiz bilan birgalikda ishlashni boshlaymiz.

Ya'ni, talabalarimiz ta'tildan qaytgach, ularning shaxsiy portfoliosini shakllantiramiz hamda “Career Service” xizmatidan qanday qilib samarali foydalanishni o'rgatamiz. Bu orqali biz ularning shaxsiy brendini yanada rivojlantirishga erishamiz.

Bizni kuzatib boring. Tez kunlarda "Career Service" loyihasi haqida yanada batafsil ma'lumotlarni taqdim etamiz.

Boshqa yangiliklar