Ismatillayeva Mahliyo Muzaffar qizi
"Pedagogika va boshlang'ich ta'lim metodikasi" fani o'qituvchisi
Aminova Feruza Hayitovna – “PROFI UNIVERSITY” Navoiy filiali Pedagogika va aniq fanlar kafedrasi mudiri.
O'zbekistonlik olima dotsent, pedagogika fanlari nomzodi. Xalq ta'limi a'lochisi.
Pedagogika fani yo'nalishida O'zbekistonda “O‘quv topshiriqlarini bajarish jarayonida talabalarda o‘z fikrini izchillikda bayon etish kompetensiyasini rivojlantirish tizimi” mavzusidagi doktorlik ilmiy izlanishlarni izchillikda olib bormoqda. Feruza Aminova 2020 va 2021 yillarda Oliy ta’lim Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo’ljallangan “Pedagogik diagnostika” nomli o‘quv qo‘llanma hamda “Pedagogik konfliktologiya” nomli darsliklarni chop ettirgan. 2022 yilda chop etilgan, pedagogika yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan “Umumiy pedagogika” fanidan o’quv qo’llanma, darsliklar muallifi. 2023 yil “Pedagogika nazariyasi va tarixi” nomli darslik Pedagogika (qoʻshimcha tarbiya fani oʻqituvchisi) bakalavriat ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun chop ettirgan.
Shuningdek, 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 50 dan ortiq tezislar muallifi. 5 nafar doktorant (falsafa doktori (PhD)) dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik qilmoqda.