Dunyo imkoniyatlarga to‘la, undan foydalanish uchun esa doimo yangilikka intilishingiz, o‘z ustingizda ishlashni, bilim olishni birov uchun, diplom olish uchun yoki baho olish uchun emas, balki kundalik hayot tarzingizga aylantirishingiz kerak.
Profi University o‘z talabalariga bu kabi imkoniyatdan foydalanishlari uchun sharoit yaratib berishga doim tayyor!
Shu sababli Turkiyaning mashhur Trendyol kompaniyasining ijrochi direktori o‘rinbosari bilan may oyida universitetimizda katta uchrashuv bo‘lib o'tishi kutilmoqda.