Joriy yilning 19-dekabr kuni Profi University taʼsischisi Bektosh Xatamov Istanbul Kent University rektori, professor Dr. M.Necmettin ATSÜning taklifiga ko'ra mazkur universitetda bo'ldi.
Uchrashuvda Istanbul Kent University hamda Profi University hamkorligida amalga oshiriladigan bir qancha loyihalar haqida kelishib olindi.
Kelishuvga ko‘ra kelasi yildan boshlab Profi Universityda tibbiyot fakultetlari, stomatologiya va hamshiralik ishlarida talaba almashinuvi, bundan tashqari IT, kompyuter muhandisligi, iqtisod va pedagogika yo‘nalishlarida professorlar almashinuvi amalga oshiriladigan bo'ldi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Profi University rektorlari, akademik boshqarma boshliqlari Istanbul Kent University bilan o‘zaro hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va talabalarimiz Turkiyada malaka oshirishlari uchun barcha kerakli tadbirlarni amalga oshiradi.