Manzili

Toshkent sh., Bektemir t., Husayn Boyqaro k., 117

Murojaat

78 777 11 11

E-mail

info@profiuniversity.uz


Ro'yxatdan o'tish

Universitet yangiliklari

Rasman Grant shartlari e'lon qilindi

Rasman Grant shartlari e'lon qilindi

Rasman Grant shartlari e'lon qilindi

⚡️ 2024-2025 o‘quv yili uchun "Profi University"da grant asosida o‘qiydigan talabalar 9-avgust kungi imtihonda aniqlanadi. 


Shu sabab grant bilan bog‘liq barcha savollarga shu yerda javob bermoqchimiz.


Grant imtihoniga kimlar qatnasha oladi?


✅ Shu kungacha o'tkazilgan kirish imtihonlaridan birida qatnashib 100 va undan yuqori ball to‘plaganlar;

✅ Kamida 980 000 so'm (Bron summasi)ni to‘laganlar (Agar talaba grantga ega bo'lsa, to‘lov qaytarib beriladi).


Imtihon qanday shaklda o‘tkaziladi?


❗️ Qatnashuvchilar o‘z yo‘nalishlarining birinchi asosiy fanidan 15 ta test va 15 ta IQ testini, ya'ni jami 30 ta testni 1 soat vaqt ichida yechishlari kerak. 


Grant uchun imtihonda imtiyozlar hisobga olinadimi?


❗️ Olimpiada g‘oliblari, chet tili bo‘yicha sertifikat egalari va umumta'lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyentlarning imtiyozlari, kirish imtihonlarida hisobga olinadi. Lekin grant imtihonida hisobga olinmaydi va umumiy natijaga ball qo‘shib berilmaydi. Grant faqatgina 9-avgustda o'tkaziladigan imtihon natijalari orqali belgilanadi


Grant qancha muddatga beriladi?


❗️ Grant imtihoni bir o‘quv yili uchun faqat 1 marta o‘tkaziladi va grant bir o‘quv yili uchun ajratiladi. Grantda o'qiydigan talabalar keyingi o‘quv yillarida yuqori akademik reytingga ega bo'lib, har yili grantni uzaytirishlari mumkin bo'ladi 


Stipendiya asosida o'qishga tavsiya etilganlar, grantga ega bo'lsalar, stipendiya bekor qilinadimi?


❗️ Yo'q, bekor qilinmaydi. Stipendiya asosida o'qishga tavsiya etilganlar grantga ega bo'lsalar, ular bir vaqtning o'zida ham bepul ta'lim oladilar, ham har oy 600 000 so'm miqdorda stipendiya oladilar!


❓ Grant imtihoni yana bo'ladimi?


❗️ Yo'q. Grant imtihoni bir yilda faqatgina bir marta (9-avgust) o'tkaziladi.


❓ Oldingi imtihonlarda qatnashmaganlar nima qilishi kerak?


❗️ 1-avgust kuni bo'ladigan imtihonda qatnashib, 100 balldan yuqori ball to'plashlari lozim.

Darvoqe, kichik bir eslatma: grant faqat kunduzgi yo‘nalishda o‘qimoqchi bo‘lganlarga beriladi.

Boshqa yangiliklar